Farg‘ona viloyatida “Sobalt” yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Bundan tashqari, “Sobalt”ning yana bir yo‘lovchisi va yo‘l chetida bo‘lgan voyaga yetmagan piyoda tan jarohati olgan.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida bir kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 15-may kuni “Chinobod” MFY hududida ro‘y bergan. “Sobalt” haydovchisi H.Q. yo‘l chetida to‘xtab turgan “ZIL” yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida “Sobalt” yo‘lovchisi K.G‘. hodisa joyida vafot etgan.
V Ferganskoy oblasti Sobalt vrezalsya v gruzovik: pogib odin chelovek
Bundan tashqari, “Sobalt” yo‘lovchisi T.U va yo‘l chetida bo‘lgan voyaga yetmagan piyoda B.B.lar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
V Ferganskoy oblasti Sobalt vrezalsya v gruzovik: pogib odin chelovek
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Namanganda YTHga uchragan “Neksiya” yo‘lovchisi halok bo‘ldi