Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashdi

Har ikki mamlakat asirga olingan fuqarolari kaltaklanganini iddao qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarada qo‘lga olingan fuqarolar bilan o‘zaro almashdi. Bu haqda RIA Novosti Qirg‘iziston davlat chegara xizmati ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Qirg‘iziston tomoni taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar Tojikiston fuqarosi tranzit yo‘lidan o‘tish qoidasini buzganlik uchun qo‘lga olingan. Shu vaqtda 30-40 nafar tojikistonliklar Vorux anklavi orqali Tamdik shaharchasidan Aksay qishlog‘iga ketayotgan uch nafar Qirg‘iziston fuqarosini o‘zboshimchalik bilan ushlashgan.
“Respublikalarning Botken va So‘g‘d viloyatlari rahbarlarining muzokaralari o‘tkazildi, ular yakuniga ko‘ra qo‘lga olinganlar bilan o‘zaro almashish qarori qabul qilindi. Bugun soat 13:30 daqiqada ikki respublikaning qo‘lga olingan fuqarolari tomonlarga topshirilgan”, - deyilgan xabarda.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladi
Agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, tojikistonliklar tomonidan qo‘lga olingan Qirg‘iziston fuqarolari kaltaklangan. O‘z navbatida, tojik OAVlarining yozishicha, Tojikiston fuqarolari ham qo‘lga olinishdan oldin kaltaklangan.
Aprel oxirida Qirg‘iziston va Tojikistonning chegara yaqinidagi hududlarda yashovchi aholisining mojarosi ikki mamlakatning qurolli to‘qnashuvini keltirib chiqardi. Qirg‘iz va tojik chegarachilarining to‘qnashuvlari olti soatdan ziyod davom etgan. To‘qnashuvlardan har ikki tomondan 50 nafardan ziyod kishi halok bo‘lgan, 300 nafarga yaqin kishi jabrlangan. 300 tadan ziyod uylar infratuzilma obyektlar vayron qilingan yoki yoqib yuborilgan. Sulh to‘g‘risidagi bitim 30-aprel kuni kechqurin imzolagan.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>