TOShKENT, 17-may — Sputnik. Andijon viloyati Andijon tumani “Qoraqalpoq” MFY hududidagi Zaripak ko‘chasida joylashgan dala shiyponida besh nafar erkak 18 yoshli kelinni zo‘rlagani va jabrlanuvchi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi.
2021 yil 17-may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda qo‘mitaga dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Andijon viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.