Qozondagi gimnaziya o‘qituvchilari davlat mukofotiga taqdim etiladi

Qurolli hujum vaqtida o‘z tanasi bilan o‘quvchilarni himoya qilgan gimnaziya o‘qituvchilari va xodimlari davlat mukofotida taqdim etiladi - prezident.
Sputnik
Qozon shahridagi 175-sonli gimnaziya o‘qituvchilariga davlat mukofotlari beriladi. Bu haqida Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshiriq berdi.
Rossiya prezidenti ushbu o‘quv maskani o‘qituvchilarining harakatlari natijasida qurbonlar soni yanada ko‘p bo‘lishi oldi olingan.
"Gimnaziyaning o‘qituvchilari va barcha xodimlari favqulodda vaziyatda qahramonlarcha harakat qilishdi. Ular bolalarni o‘z tanalari bilan himoya qilishdi. Yoshgina qiz, ingliz tili o‘qituvchisi Elvira Ignatyeva o‘z o‘quvchilari uchun hayotini qurbon qildi", - dedi Vladimir Putin.
Shuningdek Tatariston Umumta’lim vazirligi 62 yoshli maktab binosiga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi Mullanur Tagirovich Mustafinni hamda garderobchi ayol Tazkira Garifovna Axmadullinani ham mukofotga tavsiya qilishini ma’lum qilgan.
Mullanur Mustafin qotilni birinchi bo‘lib qarshi olgan va uning maktab binosiga kirishiga to‘sqinlik qilgan. Oqibatda boshi va qornidan og‘ir jarohatlar olgan.
Tazkira Axmadullina esa tezkorlik bilan "xavfsizlik tugmachasini" bosib politsiya chaqirgan va ikkinchi etajga yugurib borib maktab rahbariyatini ogohlantirgan.
Qozon gimnaziyasidagi otishma - video
Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Qozondagi 175-sonli gimnaziyaga qurolli hujum oqibatida 9 kishi qurbon bo‘lgan va yana 19 kishi yaralangan edi. Ulardan 2 nafari o‘ta og‘ir, 3 nafari og‘ir ahvolda. Qurbonlar orasida 2 nafar o‘qituvchi 7 nafar o‘quvchilar bor.