Koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi

O‘tgan kun davomida Toshkent shahrida yangi kasallanish holatlari keskin oshdi. Shuningdek Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham yangi kasallanish holatlari soni 25dan ortik.
Sputnik
TOShKENT, 15-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 251 nafarga ortdi, deb xabar qilmoqda Respublika Sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi.
2021 yil 14-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 96368 (+251) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
168 nafari Toshkent shahrida,
28 nafari Toshkent viloyatida,
26 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.
Shuningdek Xorazm viloyatida - 6 kishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida - 5 nafardan, Jizzaxda - 3 kishi, Buxoro va Navoiyda - 2 kishidan va Surxondaryo viloyatida - 1 kishi aniqlangan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3870 nafar bemor davolanmoqda, ularning 232 nafari og‘ir, 69 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.