Rossiya va Turkiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Ular pandemiya sharoitida Turkiya va Rossiya shaharlarida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati xorijda qiyin ahvolda qolgan 7 nafar fuqaroni vatanga qaytardi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Fuqarolar Turkiyaning Istanbul, Rossiyaning Navosibirsk va Qozon shaharlariga ishlashga borib, pandemiya sharoitida moliyaviy qiyin ahvolda qolgan. 11-12 may kunlari vatanga qaytarilganlar orasida yosh bolalar ham bor.
Okazavshiyesya v trudnoy situatsii uzbekistansi vozvrasheni na rodinu
“Mazkur fuqarolarning muammolari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chora-tadbirlari va Xalqaro migratsiya tashkilotining moliyaviy ko‘magida ijobiy hal etildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq chet elda pulsiz qolgan o‘zbekistonliklarga qarz berib turilishi xabar qilingan edi. Konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan fuqaro yashash uchun mablag‘larsiz qolganda, muassasaga moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin.
Turkiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi