O‘zbekiston bo‘ylab Ramazon hayiti namozida 2,5 milliondan ziyod kishi qatnashdi

Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 ming kishi kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublikadagi 2021 ta masjidlarda 2 million 576 ming kishi Ramazon hayiti namozini ado etdi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov ma’lum qildi.
Toshkent shahrida 106 ta masjidda 497 ming kishi namozda ishtirok etgan. Xususan, “Hazrati Imom” majmuasiga 18 mingdan, “Shayx Zayniddin” masjidiga 30 mingdan ziyod hamda “Quddusi Sharif” masjidiga 20 mingga yaqin namozxon tashrif buyurdi.
Hayit munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga jami 13,4 mlrd so‘mga yaqin moddiy yordam ko‘rsatildi.
Ramazon hayiti Toshkentda qanday kutib olindi
1 / 13

Erta tongdan ko‘chalarga suv sepilib, tozalanadi.

2 / 13

Erkaklar masjidga ketishmoqda

3 / 13

Hazrati Imom masjidi

4 / 13

Hazrati Imom masjidida musulmonlar hayit namozini ado etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

5 / 13

Musulmonlar hayit namozini ado etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda

6 / 13

Hayit namozi soat 5.30da boshlandi

7 / 13

Fuqarolar hayit namozini o‘qimoqda

8 / 13

Fuqarolar hayit namozini o‘qimoqda

9 / 13

Fuqarolar hayit namozini o‘qimoqda

10 / 13

Fuqarolar hayit namozini o‘qimoqda

11 / 13

Musulmonlar hayit namozidan qaytmoqda

12 / 13

Otaxon nevarasiga shar xarid qilyapti

13 / 13

Hayit namozidan so‘ng musulmonlar Ramazon hayitini oilalari va yaqinlari bilan nishonlash uchun uylariga qaytib kelishmoqda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 8 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga 543 mln so‘m miqdorida moddiy yordam berildi va bu ishlar davom etmoqda.
Bu yil butun islom dunyosida Ramazon hayiti 13-may kuni nishonlashmoqda.