BMT Bosh kotibi BSSTni "Sputnik V" vaksinasini tan olishga chaqirdi

Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" – jahonda vaksinalash masalasini hal etishga yordam beradigan muhim elementlardan biridir.
Sputnik
TOShKENT, 13-may – Sputnik. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotida Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini tan olish jarayoni ketayotgani haqida bayonot qildi.
"RF BMT xodimlariga "Sputnik V" bilan emlanish imkoniyatini taqdim etganini juda qadrlaymiz. Bu juda yaxshi belgi", - dedi u.
Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" – jahonda vaksinalash masalasini hal etishga yordam beradigan muhim elementlardan biridir.
Rossiyada “Sputnik Layt” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

"Sputnik V" vaksinasi dunyoda

"Sputnik V" vaksinasi hozirga qadar umumiy aholisi soni 3 milliardga teng bo‘lgan 60ta mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Shuningdek, Rossiya vaksinasi davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanganlik bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
AQSh ittifoqchilari “Sputnik V”ni xarid qilish haqida gapira boshlashdi
Vaksina tekshirilgan va yaxshilab o‘rganilgan inson adenoviruslari platformasida yaratilgan va vaksinatsiya davomida ikkita emlash uchun ikki xil turfa vektor ishlatiladi.
Bu immunitet davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladi.
Tashqi bozorlarda Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasini ilgari surish bilan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi shug‘ullanadi. Sal avval fond rahbari Kirill Dmitriyev salbiy ta’siri yo‘qligi va u allergiyani keltirib chiqarmasligi tufayli Rossiya vaksinasiga nisbatan ishonch tobora ortib borayotganini aytgan edi.