AFP: uchta davlat Falastin va Isroil tufayli BMT XK kengashi chaqirilishini so‘radi

Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
Sputnik
TOShKENT, 13-may - Sputnik. Xitoy, Norvegiya va Tunis Isroil va Falastin o‘rtasida ziddiyat kuchaygani munosabati bilan juma kuni BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qilmoqda.
Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga tayangan holda xabar berdi.
O‘zbekiston Isroil va Falastinni zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqirdi
Xabarga ko‘ra, rejalashtirilayotgan ochiq yig‘ilish Isroil va Falastin tomonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, BMT XK shu haftada ushbu masalaga bag‘ishlab ikkita virtual formatdagi yig‘ilishni o‘tkazgan.
Sal avval BMTdagi manba RIA Novostiga Falastin-Isroil mojarosi zonasidagi vaziyat to‘g‘risida BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan bayonot qabul qilinishiga birgina AQSh to‘sqinlik qilayotganini aytgan edi.
Dushanba kuni kechqurun Isroil va Falastin G‘azo sektori chegarasida vaziyat birdan keskin tus oldi.
Yong‘in, yo‘qotishlar, vayronalik: Isroil va G‘azo sektoridagi o‘q yog‘dirish oqibatlari
Isroil aholi punktlarining raketa yordamida deyarli to‘xtovsiz o‘qqa tutilishi oqibatida olti nafar isroillik halok bo‘ldi, 200dan ziyodi jarohatlandi.
Isroil G‘azo sektori bo‘ylab zarbalarni amalga oshirdi va Falastin XAMAS uyushmalari va "Islom jihodi" nishonlarini yo‘q qildi. Natijada bir necha jangarilar, jumladan, yuqori martabali dala qo‘mondonlari yo‘q qilindi.
Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 67 kishi vafot etgan.