TOShKENT, 12-may - Sputnik. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Atabekov Xatar darajasiga kirmagan oddiy aholi Sputnik V vaksinasi bilan qachondan emlanishi boshlashi haqidagi savolga javob berdi.
"O‘zbekiston Sputnik V vaksinasini xarid qilish bo‘yicha bir million dozaga buyurtma bergan. Shu paytgacha olib kelingan 100 ming doza vaksina bilan 50 ming nafar aholi emlash bilan qamrab olindi. Albatta, qolgan vaksinalarni ham O‘zbekistonga olib kelinishi kutilayapti", - dedi Atabekov.
Atabekov ta’kidlashicha, faqat xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamigina koronavirusga qarshi to‘liq budjet hisobidan emlanadi.
Bu aholi qatlamining umumiy soni 4 million 112 mingdan ortiqroqni tashkil etadi.