Korona-info: O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 666 nafarga yetdi

️Ayni paytda O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda 395 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
2021 yil 11-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi (216 nafari) Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Hindistonga "koronavirus shtormi" yopirildi: mamlakatda nimalar ro‘y bermoqda
️Kecha kun davomida 312 bemor sog‘ayib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz (90976 kishini) tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 666 nafarni tashkil qildi.
️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3825 nafar bemor davolanmoqda.