Chirchiqda ish haqlarini ololmagan ishchilar hokimlik binosi oldida namoyishga chiqishdi

Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan.
Sputnik
TOShKENT, 12-may - Sputnik. Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video - hokimlik binosi yaqinida ishchilar namoyishi yuz berganligi hodisasiga rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun hokimlik binosi oldida norozilik bildirganlar.
Chiroqchida birinchi sinf o‘quvchisi o‘limi sabab ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Ushbu fuqarolar qurilish tashkilotlari tomonidan ishga jalb qilingan bo‘lib, haqiqatan ham ularga haq to‘lash borasida kechikish yuzaga kelgan. Ular esa muammoni bartaraf etish maqsadida hokimlik mutasaddilariga murojaat qilish uchun to‘plangan.
"Ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18-mayga qadar to‘liq hisob-kitob qilishga o‘zaro kelishilgan. Ayni paytda hokimlik tomonidan muammoni hal qilish choralari ko‘rilmoqda", — deyiladi xabarda.