TOShKENT, 11-may - Sputnik. Bugun Qozondagi gimnaziyada sodir bo‘lgan fojiada jami 8 kishi qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tatariston prezidenti matbuot xizmatiga asosan.
Bir nafar o‘qituvchi va 7 nafar o‘quvchi qurbon bo‘lgan. Ularning barchasi 8 sinf o‘quvchilari, - deyilgan xabarda.
Shuningdek 16 kishi turli jarohatlar olgan. Ulardan 12 nafari o‘quvchilar va 4 nafari o‘qituvchilar.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Tatariston faavqulodda xizmatlari 11 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar qilgan edi.