TOShKENT, 10-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 362 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 94 759 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (7), Andijon viloyatida (6), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (2),Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (4), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (46), Sirdaryo viloyatida (7), Surxondaryo viloyatida (4), Farg‘ona viloyatida (10), Xorazm viloyatida (8), Toshkent viloyatida (54), Toshkent shahrida (200) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 90 292 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 805 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Emlash ko‘rsatkichi
1 123 397 doza vaksinadan foydalanildi. 1-bosqich emlanganlar 1 040 074 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 83 323 nafarni tashkil qildi.
O‘lim holatlari
O‘zbekistonda jami 662 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 157,7 milliondan oshdi, 3,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (32,7 mln), Hindistonda (22,3 mln), Braziliyada (15,1 mln).