TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kecha 381 kishida koronavirus aniqlandi, 2 nafar bemor vafot etdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni jami 93 978 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Yangi kasallanish holatlarining respublikaning barcha hududlarida aniqlangan.
Eng ko‘pi (62 nafar) Toshkent viloyatida va (153 nafar) Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida: kasallikdan sog‘ayganlar jami 89 703 (+365) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga tushdi.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 662 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3613 nafar bemor davolanmoqda.