Yana 90 nafar fuqaro ishlash uchun Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi

Mavsumiy ishlarda ishlash uchun yana 90 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Mavsumiy ishlarda ishlash uchun yana 90 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi.
Mavsumiy ishlar: 63 nafar fuqaro Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida ilk marotaba tuzilgan kelishuvga asosan 2021-yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgandi.