O‘zbekiston va Qozog‘iston "Osiyo shengeni"ni joriy etmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston Silk Road Visa olish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston “Shengen” kabi Silk Road Visa joriy etish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ko‘p martalik sayyohlik vizasi to‘g‘risidagi nizom kelishib olindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston mamlakat madaniyat va sport vazirligiga asosan xabar qildi.
"Hozirgi vaqtda Silk Road zonasiga (dastlabki bosqichda - Qozog‘iston va O‘zbekiston) kiritilgan mamlakatlarga kirish va bo‘lish uchun Silk Road Visa’larini berishning yagona elektron tizimini joriy etish masalasi O‘zbekiston bilan kelishuv jarayoni olib borilmoqda", - deyilgan xabarda.

Silk Road Visa nima?

“Silk Road Visa - Buyuk ipak yo‘li mamlakatlari uchun Shengen vizasining muqobili bo‘lishi mumkin. Taklif etilayotgan mexanizm transmilliy turizm yo‘lidagi to‘siqlarni (turistlar qo‘shni davlatlar chegaralaridan o‘tishda viza, bojxona va chegara) yengib o‘tishga imkon beradi - deb ta’kidlashdi Madaniyat vazirligida.
O‘zbekiston va Qozog‘iston fevral oyida Silk visani joriy etishni rejalashtirmoqda
Hozirda qator davlatlardan kelgan chet elliklar kamida 2ta davlat - Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun alohida viza olishlari kerak.

“Osiyo shengeni” qachon paydo bo‘ladi

O‘zbekiston tomoni bilan Silk Road Visa elektron viza loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2ta konsullik maslahatlashuvi va ishchi guruhning 4ta uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Tomonlarning uchrashuvlari natijalariga ko‘ra, Silk Road Visa ko‘p martalik turistik viza to‘g‘risidagi nizom va elektron vizani olishi mumkin bo‘lgan davlatlarning ro‘yxati kelishib olindi", - deyiladi xabarda.
Hozir normativ va texnik masalalar hal etilmoqda: axborot tizimlarini integratsiya qilish, loyihani birgalikda moliyalashtirish, yagona konsullik to‘lovini belgilash va loyihani amalga oshirishga doir hukumatlararo bitim tuzish.
"Rejaga muvofiq bu ish joriy yilning oxiriga qadar yakunlanadi", - deyiladi vazirlik xabarida.