Antirekord: 452 kishida koronavirus aniqlandi, 2 kishi vafot etdi

O‘zbekistonda yil boshidan beri ilk marta 452 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93 176 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Yana 452 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 93 176 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (8), Jizzax viloyatida (5), Qashqadaryo viloyatida (5), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (5), Samarqand viloyatida (85), Sirdaryo viloyatida (7), Surxondaryo viloyatida (3), Farg‘ona viloyatida (10), Xorazm viloyatida (9), 71 nafari Toshkent viloyatida (71), Toshkent shahrida (229) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Yoshlar orasida koronavirusga chalinish ikki baravar ko‘paydi - shifokor

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 88 975 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 544 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Emlash ko‘rsatkichi

1 million 9510 doza vaksinadan foydalanilib, ularning 32 533 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanildi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 657 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 154,8 milliondan oshdi, 3,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (32,6 mln), Hindistonda (20,7 mln), Braziliyada (14,9 mln).