TOShKENT, 5-may - Sputnik. Italiya raisligida bo‘lib o‘tgan G20 davlatlari majlisida, turizm vazirlari kovid-pasportlari joriy etishni yoqlab chiqishdi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.
“Katta yigirmatalik” davlatlari vaksinatsiya pasportlari joriy etishni yoqlab chiqishdi. Ushbu chora dunyoda turizmni hamda iqtisodni tiklash uchun muhim omil bo‘lishi mumkin, - deb Italiya turizm vaziri Massimo Garavalyuning so‘zlarini keltiradi nashr.
Rossiya turoperatorlar Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Dmitriy Gorin BFMga aytishiga ko‘ra, kovid-pasportlari n asosida, balkim PSR test hamda antitanachalar-testi natijalariga asosan ham chegaralarni ochish kerak. O‘shanda har kim o‘ziga qulay bo‘lgan hujjatni tayyorlashi mumkin.
“Faqat kovil pasportlar asosida chegaralarni ochish – inson huquqlari buzilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, ayrimlarga vaksina olishi mumkin emas”, - deydi Gorin.
Eslatib o‘tamiz, mart oyining o‘rtasida Yevrokomissiya “yashil sertifikat” hujjati loyihasini taqdim etgan edi. Unga ko‘ra emlangan va koronavirusga chalinib tuzalgan fuqarolarga “yashil-sertifikat” berish rejalashtirilgan. Ushbu hujjat iyun o‘rtalarida joriy etilishi mumkin. U jumladan “Sputnikom V” bilan emlangan rossiyalik sayyohlarga ham berilishi mumkin. Ayni damda rossiyalik turistlar uchun Gretsiya, Xorvatiya, Bolgariya va Chernogoriya chegaralari ochilgan.