Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok bo‘lgan

Joriy yil birinchi choragida O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. IIV YHXBB 2021-yilning birinchi choragida sodir etilgan YTH yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, yanvar—mart oylarida 1491 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Unda 394 kishi halok bo‘lgan va 1168 kishi jarohat olgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p YTH — Toshkent (208 ta) va Farg‘ona (212) viloyatlari hamda Toshkent (170) shahrida kuzatilgan.
620 ta avtohalokat piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan, 162 tasi velosipedchi, 95 tasi bolalar, 10 tasi motosiklchilar ishtirokida sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonda yomon yo‘llar sabab qariyb 2-yil ichida 191 kishi halok bo‘lgan
Baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari tezlikni oshirish — 37,8 foiz, piyodalar o‘tish joylari yo‘qligi sababli yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish — 15,3 foiz, ustunlikka ega transportga yo‘l bermaslik — 12,4 foiz, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketish — 7,6 foiz.
Yo‘l-transport hodisalarining "obyektiv sabablari" qatorida transport vositalarini noto‘g‘ri boshqarish va sifatsiz yo‘llar 4,2 foizni, shuningdek, veloyo‘laklar bo‘lmagan joylarda velosipedchilarni urib ketish 4,2 foizni tashkil etgan.
Haydovchining tajribasizligi barcha baxtsiz hodisalarning 5,8 foiziga sabab bo‘lgan, harakat davomida uxlab qolish – 3,3 foiz va transportni mast holda boshqarish 2,6 foiz YTHga sabab bo‘lgan.