Toshkentdagi yirik YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
YTH 2 may kuni soat 00:20 larda TXAY ko‘chalari chorrahasida ro‘y bergan. 29 yoshli “Neksiya” haydovchisi O.Z. chapga qayrilayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan “Kaptiva” rusumli avtomobilni o‘tkazib yubormay YTH sodir etgan.
1 / 4
Strashnoe DTP s uchastiyem trex mashin v Tashkente
2 / 4
Strashnoe DTP s uchastiyem trex mashin v Tashkente
3 / 4
Strashnoe DTP s uchastiyem trex mashin v Tashkente
4 / 4
Strashnoe DTP s uchastiyem trex mashin v Tashkente
Natijada mast bo‘lgan 21 yoshli “Kaptiva” haydovchisi Sh.U. boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Keyin yo‘l chetida to‘xtab turgan “Moskvich-412” bilan to‘qnashgan.
“Moskvich-412” haydovchisi Sh.M. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
“Neksiya” haydovchisi, “Kaptiva” haydovchisi va yo‘lovchilari A.U. (21 yosh) va R.N.ga (20 yosh) tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Uch oy ichida qariyb 400 kishi YTHda halok bo‘lgan
Toshkent shahar IIBB YHXB hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.