IIV tizimiga 4500 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Firibgar fuqaroga bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, fuqaro G‘.Sh. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, 4500 dollar evaziga uni IIV Qorovul qo‘shinlarining quyi tizimiga xizmatga joylashtirib qo‘yishga va’da bergan. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilishini aytgan. Tezkor tadbirda gumon qilinuvchi 2500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Prokuraturaga ishga joylashtirish uchun pora talab qilgan “hojatbarorlar” qo‘lga olindi
Mazkur holat yuzasidan G‘.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda