TOShKENT, 4-may — Sputnik. Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) bosh kotibi Antoniu Guterrish Qirg‘iziston va Tojikistonni sulh shartlariga rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda uning rasmiy vakili Stefan Dujarrik brifingda ma’lum qildi.
Guterrish ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotlar va 1-may kuni erishilgan o‘t ochishni bas qilish to‘g‘risidagi kelishuvni olqishlagan.
“U har ikki tomonni sulhga rioya qilinishi uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishga chaqiradi. Shuningdek, bosh kotib BMT zarur bo‘lgan taqdirda ko‘mak berishga tayyorligini tasdiqlaydi”, - dedi Dujarrik.
Bundan tashqari, Guterrish to‘qnashuv vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va jabrlanganlarga tezroq tuzalib ketishni tilagan.