TOShKENT, 3-may — Sputnik. Sputnik Xalqaro axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri Dilshoda Rahmatova (Rossiya) "Oltin qalam" milliy mukofotining "Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun" nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib topildi.
Toshkentdagi “Turkiston” saroyida "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun XV tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Mukofotni Sputnik jurnalistiga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov topshirdi.
Korrespondent Sputnik Uzbekistan Dilshoda Raxmatova nagrajdena premiyey "Zolotoe pero"
© Ramiz Baxtiyarov
Dilshoda Rahmatova 2017-yildan buyon Sputnik O‘zbekiston muxbiri sifatida faoliyat yuritadi. Uning maqolalari va tanlagan mavzulari hamisha o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi. Uning so‘nggi ishlaridan Toshkent viloyatidagi karantin zonasidagi hayot, Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishidan jabrlanganlar haqida tayyorlagan reportajlari, Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim tizimi rivojlanishi haqidagi ocherki, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri bilan intervyusini misol tariqasi keltirish mumkin.
Diplom laureata premii "Zolotoe pero" Dilshodi Raxmatovoy "Za luchshiy material ob Uzbekistane" jurnalista inostrannogo SMI
© Ramiz Baxtiyarov
Sputnik tahririyati hamkasbini chin dildan oliy mukofot bilan muborakbod etadi va keyingi ijodlarida omad va zafarlar tilaydi. Jurnalistni mukofotni qo‘lga kiritgani munosabati bilan shu kunlarda Toshkentdagi mediahaftalikda ishtirok etayotgan “Rossiya segodnya” XAA bosh direktori Dmitriy Kiselov ham qutladi.