Tojik-qirg‘iz chegarasida otishmani to‘xtatishga kelishib olindi

Ikki respublika vakillari tojik-qirg‘iz chegarasining mojaroli hududida otishmani to‘xtatishga va qo‘shinlarni doimiy joylashgan joyiga olib ketishga qaror qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari, xavfsizlik qo‘mitalari va boshqa vakillardan iborat maxsus komissiyalari chegarada qurolli to‘qnashuvlarni to‘xtatishga qaror qilishdi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Tomonlar So‘g‘d va Batken viloyatlarining chegaraga yaqin hududlarida jangovar harakatlarni to‘xtatishga, harbiy texnikani ularning doimiy joylashgan joyiga olib ketishga kelishib olishdi.
O‘zbekiston tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi
Shu bilan bir vaqtda ular chegara chizig‘i borasida muzokaralarni davom ettirishga va ushbu maqsadda ikkala tomondan ham taaluqli organlar vakillaridan iborat maxsus komissiya tuzishga qaror qilindi.
Eslatib o‘tamiz, chegaraning ushbu demarkatsiya qilinmagan hududida tojik va qirg‘iz aholi orasida mojaro 28-aprel kuni boshlangan edi. Tez orada oddiy janjal spesnaz va harbiylar aralashgan haqiqiy jangovar harakatlarga aylanib ketdi.
O‘tgan tunda tojik-qirg‘iz chegarasida tinchlik haqidagi kelishuvga qaramasdan otishma to‘xtamadi, ikkala tomondan ham qurbonlar soni oshdi, aholi uylari va infratuzilma obyektlari yonib ketgan.
Qirg‘iziston Chegara qo‘shinlari ma’lumotiga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan 3 nafar askar qurbon bo‘lgan va 22 nafari jarohatlangan. Undan tashqari Qirg‘iziston hududida o‘nlab aholi uylari, chegara zastavasi va AYoQSh yonib ketgan.
Tojik-qirg‘iz chegarasida muhim obyektlar uchun janglar boshlandi
Tojikiston tomoni ma’lumotiga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan voqealarda 3 kishi qurbon bo‘lgan 30dan ortiq odam yaralangan.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara chizig‘ining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham.