TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hukumati natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba tarixini saqlab qolish uchun birgalikda ish olib bormoqda.
Bu, ayniqsa, "xalqlarni tarixni soxtalashtirish ignasiga o‘tqazish"ga urinishlari amalga oshirilayotgan paytda, ayniqsa muhim, - dedi Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov.
"Bugungi kunda xalqlarni tarixni soxtalashtirish "ignasi"ga o‘tqazish harakatlari, ko‘plab xalqlarning tarixiy xotirasidan mahrum qilishga urinishlar tobora kuchaymoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar fashizm ustidan g‘alaba tarixini saqlab qolish nuqtayi nazaridan juda muhimdir”, - dedi diplomat.
Malginov o‘tgan chorshanba kuni Buxoroda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu o‘zbekistonliklarning Ikkinchi Jahon urushi paytida ko‘rsatgan qahramonliklari haqidagi arxiv materiallarini O‘zbekiston tomoniga topshirganini eslatdi.
Bu tarixiy meros Toshkentdagi G‘alaba bog‘i muzeyida ekspozitsiya sifatida qo‘yiladi.
Agar biz ushbu xotirani saqlab qolsak, u holda Rossiya va O‘zbekiston va Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan boshqa davlatlar, tarixni soxtalashtirish jarayonlariga qarshi tura olamiz
Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti direktori Anvar Nosirov, o‘z navbatida, bir yarim millionga yaqin askar Ulug‘ Vatan urushi maydonlarida halok bo‘lganligini eslatdi.
Urush oxirida 780 mingdan ortiq kishi orden va medallar bilan mukofotlandi: ularning 1 mingdan ortig‘i SSSR Qahramoni bo‘ldi, 250 ga yaqin - "Shon-sharaf" ordeni bilan taqdirlandi.
Nosirov ta’kidlashicha, urush yillarida Markaziy Osiyo - front ortidagi ishonchli hududga aylandi. Birgina 1941-yil noyabr - 1942-yil mart oylari davomida O‘zbekistonda jasorat va fidokorona qahramonlik ko‘rsatgan 14 ta milliy birlashmalar shakllandi.
Bundan tashqari, urush avj olgan hududlardan 3 milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi.