Tojik-qirg‘iz chegarasida muhim obyektlar uchun janglar boshlandi

Qirg‘iziston hududida bir necha chegara obyektlari minomotdan o‘qqa tuttildi. "Dostuk" chegara zastavasi yonib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida chegara nazorat punktlari va muhim obyektlar uchun janglar boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston DXX Chegara bo‘linmasiga asosan.
Qirg‘izistonlik chegarachilar xabariga ko‘ra, Tojikiston tomoni "Kapchigay", "Min-Bulak", "Dostuk" chegara zastavalari hamda "Kojogar" va "Bulak-Bashi" chegara postlariga qarata o‘t ochgan. Minomotdan o‘qqa tutilishi oqibatida "Dostuk" chegara zastavasi yonib ketgan.

Bunga javoban Qirg‘izistonning "Boru" spesnaz otradi Tojikistonga tegishli bo‘lgan "Hoja A’lo" chegara zastavasini egallab olgan. Ayni damda chegaraning ikkala tomonidan ham qo‘shimcha kuchlar to‘planmoqda, - deyilgan xabarda.

Qirg‘izistonning Ak-Say, Ak-Tatir va Samarkandeksk qishloq okruglarida favqulodda holat kiritilgan. 800 dan ortiq mahalliy aholi vakillari mojaro sodir bo‘layotgan hududdan olib chiqib ketilgan. “Osh — Batken — Isfana” trassasida harakat to‘xtatilgan.
Tojik–qirg‘iz chegarasida mojaro avj olmoqda
Ma’lumot uchun, Tojikiston va Qirg‘iziston orasidagi chegara chizig‘ining uzunligi 970 km ni tashkil qiladi, undan 504 km demarkatsiya qilinmagan. Jumladan, "Golovnoy" nomli suv tarqatish uzeli joylashgan hudud ham. Ushbu joy uchun tortishuv ikki respublika orasida 1991-yildan beri davom etib kelmoqda. Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida jami 70 ta mojaroli hudud bor.