O‘zbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy sayyohni jalb qilishni rejalashtirgan

Prezident joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilish vazifasini topshirgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilda 1,7 mln xorijiy, 7,5 mln mahalliy sayyohlarni jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari”ga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident turizm xizmatlari eksportini 370 mln dollarga yetkazish vazifasini ham topshirgan.
Qayd etish kerakki, bu borada eng katta manba, avvalo, ziyorat turizmidir. Yurtimizda islom diniga oid 784 ziyoratgoh, nasroniylik diniga oid 19 hamda buddaviylikka oid 8 madaniy meros obyekti mavjud. Bu imkoniyatdan foydalanib, joriy yilda 700 ming ziyoratchini jalb qilish va 130 mln. dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlash mumkin”, - dedi Aziz Abduhakimov.
Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov
2021 yilda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, Mir Arab madrasasi tashkil etilganligining 500-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ishlari, Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasiga oid anjumanga tayyorgarlik ishlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2021-yilning 9-fevralidagi respublikada ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni bilan qulay ichki va xalqaro ziyorat turizm muhitini yaratish ko‘zda tutilgan. Mamlakat ziyorat turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, respublikaning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilingan.