TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari ilk marotaba 5 oylik mavsumiy ishlarda ishlash uchun Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Kanvondo provinsiyasi, Yanggu okrugi administratsiyasi o‘rtasida mavsumiy ishchilar to‘g‘risida ilk marotaba kelishuv tuzildi.
Grajdane Uzbekistana pered otpravkoy na sezonnie raboti v Respubliku Koreya
© Agenstvo vneshney trudovoy migratsii
Kelishuvga asosan 2021-yil 16-17 mart kunlari Namangan viloyatida Koreya Respublikasi Yanggu okrugi hududida 5 oylik mavsumiy ishlarda (E-8 vizasi) vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Koreya Respublikasi kompaniyasi vakillari tomonidan tanlov o‘tkazilgan edi.
Tanlovda 35-45 yosh oralig‘idagi, oilali, sog‘lom, sudlanmagan, Koreya Respublikasi hududiga kirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishda taqiqi bo‘lmagan va xorijga chiqish pasportiga ega Namangan viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirok etgan edi.
"Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolarni koreyalik vakillar tomonidan o‘rnatilgan tartibda ketishdan oldingi o‘qitish va majburiy karantinda saqlash ishlari amalga oshirildi", - deyilgan xabarda.
Kuni kecha fuqarolarning dastlabki guruhi, ya’ni 63 nafari Toshkent xalqaro aeroportidan charter reys orqali Koreya Respublikasida 5 oylik mavsumiy ishlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘nab ketdi.
Grajdane Uzbekistana pered otpravkoy na sezonnie raboti v Respubliku Koreya
© Agenstvo vneshney trudovoy migratsii