Rossiya O‘zbekistonni ODKB tadbirlariga taklif qilmoqchi

Rossiya O‘zbekistonni ODKB shafeligi ostida o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qilmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Rossiya do‘st davlatlarni - O‘zbekiston, Serbiya va Mo‘g‘ulistonni KXShT o‘z tadbirlariga jalb qilishni taklif qildi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShTga a’zo davlatlarning harbiy idoralari rahbarlarining yig‘ilishida bunday tashabbus bilan chiqdi.
"Vazir tashkilotning ishchi organlari orqali buning uchun zarur bo‘lgan qonunchilik bazasini shakllantirishni boshlashni taklif qildi", - dedi Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya mamlakat Qurolli Kuchlarining har yili o‘tkaziladigan strategik mashqlariga boshqa davlatlardan, birinchi navbatda, KXShT, ShHT va MDHdan bo‘linmalar va kuzatuvchilarni jalb qilish amaliyotini davom ettiradi.
Masalan, bu yil “G‘arb” strategik harbiy mashqlari o‘tkaziladi.
Afg‘onistondagi vaziyat tanazzulga yuz tutmoqda - Shoygu
ShHT bilan xavfsizlik sohasida qo‘shma ishlarni kuchaytirish ham muhim, dedi Fomin.
"Ijobiy tajriba, dedi Rossiya mudofaa vaziri yig‘ilishda, allaqachon mavjud - bu o‘tgan yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan KXShT, MDH va ShHT formatidagi Mudofaa vazirlarining qo‘shma yig‘ilishi", - deb qo‘shimcha qildi Mudofaa vaziri o‘rinbosari.
Shoygu bu yo‘nalishlarni amalga oshirish "KXShT hududida tinchlik va barqarorlikni saqlashga" xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
"Iyun oyida Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha to‘qqizinchi Moskva konferensiyasini o‘tkazamiz. Rossiya mudofaa vaziri bu xalqaro platformada jamoaviy xavfsizlikni ta’minlashga yondashuvlarimizning umumiyligini namoyish qilishni taklif qildi", - deya xulosa qildi Fomin.
Uning ta’kidlashicha, KXShT bo‘yicha hamkasblarga "tashkilotning harbiy qismini rivojlantirishga" e’tibor qaratish tavsiya qilindi.