TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Andijon viloyatida qalbaki PZR-testini tayyorlab sotishni “kasb qilgan” o‘quvchilar ushlandi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Do‘stlik” chegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari M.U. va N.M. tadbirga jalb qilingan ikki fuqaroga koronavirus aniqlanmagani to‘g‘risidagi soxta PZR-testini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ular xizmatlari evaziga 110 ming so‘m so‘rashgan.
M.U.ning yashash xonadonida 45 dona Andijon viloyati SEOM g‘azna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona koronavirusga (COVID-19) test topshirganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma blankasi aniqlangan.
Bundan tashqari, 1 dona “ASER” noutbuk va 1 dona “YeRSON” rangli printer musodara qilingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.