TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu hafta davomida Xitoy va Turkmaniston rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirgan. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Shu hafta davomida davlatimiz rahbarining Xitoy raisi Si Szinpin va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotlari ham bo‘lib o‘tishi kutilmoqda”, - dedi Asadov.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan o‘tgan yil dekabr oyi oxirida, Xitoy raisi Si Szinpin bilan esa may oyida telefon orqali muloqot qilgan edi.