TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan respublikada navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishi uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda siyosatchi Facebook᾽da efirga uzatilgan murojaatida ma’lum qildi.
“Prezident va siyosiy kuchlar bilan kelishuvga ko‘ra, bugun men 20-iyun kuni navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishi uchun iste’foga chiqaman”, - dedi u .
Shu bilan birga, Pashinyan bosh vazir vazifasini bajaruvchi maqomiga qaramasdan, hukumat rahbari vakolatlarini to‘liq bajarishini ta’kidladi.
“Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq, men navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilishiga qadar bosh vazir vazifasini to‘liq bajaraman”, - deya qo‘shimcha qildi Pashinyan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan aprel oyida ketish uchun emas, balki navbatdan tashqari saylovlar bo‘lib o‘tishi uchun iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi.