Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Tojikistonga safar qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak tashrifini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga tashrif buyuradi.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21-aprel kuni Dushanbe shahriga O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi tashrif buyurgan.
Emomali Rahmon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Ular savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va suv-energetika, shuningdek, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Ekspertlarning ish natijalari Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Xo‘jand shahrida 24-aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvida taqdim etiladi.
“Ikki mamlakat bosh vazirlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyining birinchi yarmida Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini ham muhokama qiladi”, - deyilgan xabarda.
Xususan, oliy darajadagi tadbir dasturini mazmunli to‘ldirish masalalari, jumladan, O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi davomida imzolanishi mo‘ljallangan hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga ilk rasmiy davlat tashrifi bilan 2018-yil 9-mart kuni borgan edi. O‘sha yilning avgust oyida esa Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentga safar qilgan edi.