Rutan koronavirusga qarshi eng samarali dori - O‘zbekiston olimlari

Rutan – barcha RNK viruslarga qarshi samarali ishlaydi: gripp, O‘RVI, gepatit S, koronavirus va boshqa virusli kasalliklar.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr – Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilgan Rutan – koronavirusga qarshi eng samarali dori vositasi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston fanlar akademiyasi olimlari ma’lum qilishdi.
Anjumanda so‘zga chiqqan, Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Shavkat Salixov aytishiga qaraganda Rutan koronavirusga qarshi boshqa mavjud doriolardan bir necha juda muhim ustuvorlikka ega:
1.
Rutan - koronavirusning birdaniga 2ta oqsili ko‘payishini cheklaydi. Hozirgi mashhur dorilar (Remdisivir, Favirapir va boshqalar) faqat bitta oqsilga qarshi ishlaydi;
2.
Rutan – kelib chiqishi tabiiy modda (tanin) bo‘lgani sababli, uning toksik ta’siri juda kam. Sinov vaqtida uning dozasa 500 baravar oshirilganida ham hech qanday nojo‘ya holatlar kuzatimagan. Shu sababli ham Rutan aptekalarda retseptsiz sotuvga chiqariladi;
3.
Rutan - juda arzon. Bugungi kunda davlatga Remdisivir – 3,5 mln so‘m, Favirapir – 1,5 mln so‘mga tushmoqda. Rutan esa – 100 ming so‘mdan arzon bo‘ladi. Rutan haqiqiy "xalq dorisi" deydi Salixov.
Rutan, aslida, O‘zbekiston olimlari tomonidan 5-yil oldin RNK viruslarga, birinchi navbatda grippga qarshi dori sifatida ishlab chiqarilgan. Koronavirus paydo bo‘lganidan so‘ng, 19,5 ming upakovka Rutan sinov tariqasida Sog‘liqni saqlash vazirligiga berilgan.
Dastlabki sinovlarda koronavirusga chalingan bemorlarda Rutan 25 mg tabletka ko‘rinishida qo‘llanilgan virusning yengil shakli bilan kasallanganlarda juda yaxshi natija ko‘rsatgan, lekin o‘rta va og‘ir kasallarda - natija bermagan.
O‘zbekistonda ishlab chiqilgan dori COVID-19ga qarshi 78% samaradorlik ko‘rsatdi
Olimlar vaziyatni o‘rganib chiqib, bir tabletkada Rutan miqdorini 100mg gacha oshirishga qaror qilishgan va shundan so‘ng “Rutan 100” dorisi paydo bo‘lgan.
Ayni damda ushbu dori barcha kerakli sinovlardan o‘tib, ruxsatnoma va sertifikatlarni olgan. Bioorganik kimyo instituti “Radeks” korxonasi bilan uni ishlab chiqarishga shartnoma imzolagan.
Korxona direktori matbuot anjumanida xabar qilishiga ko‘ra, Aprel oyining oxirida Rutan 100 tabletkalarini ishlab chiqarish boshlanadi va may oyining o‘rtalarida u aptekalarda paydo bo‘lishi mumkin.
Shavkat Salixov aytishiga ko‘ra, bugungi kunda odam shamolladimi, temperaturasi chiqdimi – demak virus odam ichiga kirgan. Bunda kasallikning birinchi kunidan, iloji bo‘lsa birinchi soatidan Rutan ichishi kerak. Ana shunda u kasallikni oldini oladi, og‘irlashtirmaydi.