TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Rossiyaning qurilish maydonlarida ishlayotgan migrantlar uchun kadrlar reyestrini yaratish taklif etildi.
Quruvchilar milliy uyushmasi (NOSTROY) prezidenti Anton Glushkovning so‘zlariga ko‘ra, bu mehnat migrantlariga ko‘proq kafolatlar beradi.
"Bunday reyestrni yaratish migrantlarni soliqqa tortish masalalarini soddalashtirish, ularga o‘z vaqtida haq to‘lash kafolatlarini ta’minlash va mehnat muhofazasini ta’minlashga imkon beradi", - dedi Glushkov.
U Rossiya hududida ishlash uchun barcha migrantlar rus tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirish, patent olish va shuningdek, tibbiy ma’lumotnomalarni taqdim etishi kerakligini eslatdi.
"Biz Rossiyaga kirib kelayotgan chet elliklarni mehnat kadrlar reyestriga kiritish uchun ariza berishni talabini taklif qilamiz", - dedi NOSTROY rahbari.
Ayni damda NOSTROY qurilish sohasidagi mehnat kadrlarining reyestrini yuritish vazifasini o‘z zimmasiga olish, barcha kerakli idoralararo bilan birga yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, Shu jumladan, davlat xizmatlari portali tizimiga to‘liq integratsiya qilish va Ichki ishlar vazirligi organlarini axborot bilan ta’minlashga tayyor.
Uyushma prezidenti ta’kidlashicha, bunday reyestr qurilish kompaniyalariga migrant ushbu obyektda ishlashni tugatganligi yoki hali tugamaganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Bunday reyestr yangi qurilish maydonchalarga mehnat resurslarini izlashni sezilarli darajada osonlashtiradi.