Moskvada qancha migrant bor?

Moskvada sal kam 800 ming nafar migrant istiqomat qilmoqda - Moskva IIB Migratsiya boshqarmasi.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Bugungi kunda Moskvada sal kam 800 ming nafar migrant istiqomat qilmoqda, deb ma’lum qildi Moskva IIB Migratsiya boshqarmasi boshlig‘i Dmitriy Sergiyenko.
Unga ko‘ra, Moskvada chet el fuqarolarining soni 21 foizga kamaydi, ya’ni 789 mingni tashkil qilmoqda. O‘tgan yili shu davrida milliondan ziyod kishi bo‘lgan.
Eng ko‘p migrantlar – Qirg‘izistondan, Moskvadagi chet el fuqarolarining umumiy sonining 30 foizini tashkil qiladi. 2-o‘rinda - O‘zbekiston (27%), 3-o‘rinda - Tojikiston (20%).
Migrantlar "soyadan chiqishga” qo‘rqmasligi kerak - Kazakova
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi nolegal migrantlar soni ochiqlangandi. IIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 332 ming nafar nolegal o‘zbekistonlik mehnat migranti bor.
Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova mamlakatda qolish va ishlashni davom ettirish istagidagi chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatidan o‘tishi zarurligini ta’kidlagan edi va ularni soyadan chiqishga chorlagan edi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirgandi.