Koreya kompaniyasi Qo‘qonda K-Town majmuasini quradi

U 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction” kompaniyasi Qo‘qonda K-Town majmuasini barpo etadi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu majmua ostki qismida ikki qavatli avtoturargohlar mavjud 9-16 qavatli turar-joylar, maktab, bolalar bog‘chasi, parklar, yashil maydonlar, sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.
Koreyskaya kompaniya postroit kompleks K-Town v Kokande
2021 yil avgust oyida tamal toshi qo‘yiladigan majmua loyihasi 4 bosqichda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugungi kunda turar-joylarga talab kun sayin ortib borayotganini qayd etdi va majmua qurilishi sifatiga ta’sir etmagan holda amalga oshirish davrini qisqartirish bo‘yicha mulohazalarini bildirdi.
1950 yilda tashkil etilgan Hanshin Engineering & Construction kompaniyasi, Koreyada ko‘plab yirik loyihalarni, shu jumladan Inchxon aeroporti loyihasini amalga oshirgan. Kompaniya Saudiya Arabistoni, Xitoy, Kuvayt, Kambodja, Filippin va boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham yirik qurilish loyihalarini amalga oshirgan.