“Turkish Airlines” Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlar uchun ruxsatnoma oldi

Samoleti aviakompanii Turkish Airlines
Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasiga Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Turkiyaning “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ruxsatnoma 15-aprel kuni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan berilgan.
“Turkish Airlines” 2006-yil 28-sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega. Istanbul – Toshkent – Istanbul va Istanbul – Samarqand – Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.