Samarqandda erkak farzandini ko‘rsatmagan qaynonasini o‘roq bilan o‘ldirdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 20 apr – Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi erkak qaynonasini o‘roq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, erkak mast holatda sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga farzandini ko‘rishga kelgan. Qaynonasi bola bilan uchrashishga qarshilik qilgach esa o‘zaro janjal yuzaga keladi va oqibatda sobiq kuyov o‘zi bilan olib kelgan o‘roq bilan ayolning ko‘krak va bel sohalariga uradi. Ayol joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhumaning o‘limi ko‘krak va bel sohasiga o‘n ikki marotaba teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan yarasidan o‘tkir qon yo‘qotishidan kelib chiqqan.
Andijonda erkak so‘kingan qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirdi
Voqea joyiga viloyat prokurori R.Masharipov, viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari X.Qobulov, Samarqand tuman prokurori J.Sanayev, tuman IIB boshlig‘i A.Toshev hamda boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.
Samarqand tuman prokurori tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u himoya huquqi ta’minlangan holda JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.