TOShKENT, 20 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan 3ta loiy ta’lim maskani onlayn ta’lim shakliga o‘tdi. Bu haqida oliygohlar axborot xizmati ma’lum qilidi.
Xususan, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti 19-apreldan boshlab 14 kunlik onlayn ta’lim shakliga o‘tdi. Bunga sabab o‘tgan haftada "ba’zi kam sonli talabalar orasidan koronavirus infeksiyasi qayd etilgani" bo‘lgan.
Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti ham 19-apreldan boshlab masofaviy ta’limga o‘tgan.
Undan tashqari Samarqand Iqtisodiyot va Servis instituti o‘qituvchilari va talabalari orasida COVID-19ga chalinish holatlari aniqlangani sababli 20-apreldan boshlab masofaviy ta’limga o‘tgan.