TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyada koronavirusning sibircha va shimoliy-g‘arbcha variantlari shakllanmoqda. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ning yangi shtammlari xorijda ta’riflanayotgan biror bir variantga o‘xshamaydi.
“Biz sibircha variantning shakllanayotganini ko‘rapmiz, biz shimoliy-g‘arbcha variantning shakllanayotganini ko‘rapmiz”, - dedi Popova Rossiya Fanlar akademiyasining tibbiyot fanlari bo‘limining yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Sibir mintaqasida koronavirusning muayan o‘zgargan turlari borligini ma’lum qilgan edi. Topilgan o‘zgarishlar koronavirusni xavfliroq etmasligi aytilgan edi.