TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya to‘rt yildan keyin Xalqaro kosmik stansiya (XKS) loyihasidan chiqadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Ularni (xalqaro hamkorlarni – tahr.) 2025-yildan XKSdan chiqish haqida ogohlashtirish to‘g‘ri ish”, - dedi “Rossiya 1” telekanaliga bergan intervyusida Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov.
Rossiyaning Xalqaro kosmik stansiya loyihasida ishtirok etishda davom etishi maqsadga muvofiqligi masalasi 12-aprel kuni prezident Vladimir Putin rahbarligida kosmosga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilingan.
“Rossiya o‘zining milliy kosmik stansiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. XKS juda eskirdi, va hukumat chet ellik hamkorlar bilan ilgariroq bu haqda gaplashishni taklif qilmoqda”, - deyilgan xabarda.
XKS loyihasida 14 mamlakat qatnashadi, ularning beshtasi – Rossiya, AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa kosmik agentligi asosiy sanaladi. Stansiyani qurish 1998-yilda boshlangan, birinchi doimiy ekspeditsiya 2000-yildan ishga tushgan.