TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Qirg‘izistonda koronavirusga chalingan bemorlar Issiqko‘l ildizidan tayyorlanadigan damlama bilan davolanmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev bayonot berdi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi. Vazir o‘z qarindoshlarini bu damlama bilan davolaganini aytdi.
Ta’kidlashicha, damlama barcha shifoxonalarda bemorlarga beriladi.
Smertelno opasnim issik-kulskim kornem xotat lechit ot COVID
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Issiqko‘l ildizidan foydalanish - shifokorlarning noroziligiga sabab bo‘ldi, ular bu o‘simlik juda zaharli ekanligini ogohlantirmoqda.
Smertelno opasnim issik-kulskim kornem xotat lechit ot COVID
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Vazirlik bergan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘izistonda COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolandi.
Smertelno opasnim issik-kulskim kornem xotat lechit ot COVID
© Sputnik / Tabildi Kadirbekov
Bundan avval Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Instagram sahifasida dastlabki bosqichda shifokorlar bir-ikki kun davomida koronavirusni davolash usulini topgani haqida post qo‘yildi. Damlanmani shisha idishlarga quyilishi aks etgan video ilova qilingan. Idishda - "Issiqko‘l ildizi" va "zaharli qo‘rg‘oshin" yozuvi.
Issiqko‘l ildizi - zaharli o‘simlik. Shifokorlar tasdiqlangan protokollar asosida koronavirusni davolashni tavsiya etadilar.
2007-2018 yillarda Qirg‘iziston OAVlari Issiqko‘l ildizi bilan zaharlanishdan ko‘plab odamlar vafot etgani haqida xabarlar berilgan.