TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Serbiya Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, vaksinani ishlab chiqarish “Torlak” vaksina va zardoblar virusologiya instituti bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan.
“Shunday qilib, Serbiya Janubiy Yevropada “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqaradigan birinchi davlat bo‘ldi. Serbiyada ishlab chiqarish eng qat’iy talablarga mos keladi”, - deyilgan xabarda.
Ishlab chiqarilgan vaksina keyinchalik mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilishini mumkin.
Serbiyada aholini koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi bilan emlash 6-yanvar kuni boshlangandi.
Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasidan allaqachon 60 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3 milliard kishini tashkil etadi. 30 dan ziyod mamlakatda esa aholini “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlangan. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.