TOShKENT, 15 apr — Sputnik. 1-apreldan 14-aprelgacha O‘zbekistonda koronavirus qarshi 300 854 kishi emlandi. Kecha 43 896 kishi vaksina oldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda
Eng ko‘p emlanganlar Farg‘ona (47 946), Andijon (37 344) , Namangan (33 446) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkentda jami 17 715 kishi koronavirusga qarshi emlangan. Sirdaryo viloyati 8168 kishi bilan hududlar orasida eng so‘nggi o‘rinda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. O‘zbekistonliklar “AstraZeneca” va “ZF-UZ-VAC2001” vaksinalari bilan emlanmoqda. Shuningdek, “Sputnik V” vaksinasining 1 million dozasini xarid qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
14 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 85 730 nafarga yetgan.