O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul konferensiyasiga taklif qilindi

Istanbul konferensiyasi 24-aprel - 4-may kunlari bo‘lib o‘tadi
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. 24 aprel - 4-may kunlari O‘zbekiston Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga rasmiy taklifnomani oldi. Bu haqda O‘zbekiston TIVning "Dunyo" axborot agentligi xabar qildi.
Tadbir tashkilotchilari - BMT, Turkiya va Qatar. Shuningdek, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Eron, Ozarbayjon, Germaniya, AQSh, Buyuk Britaniya taklif qilingan.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining mas’ul vakili, NATO bosh kotibi va Islom Hamkorlik Tashkilotining bosh kotibiga taklifnoma yuborildi.
Afg‘oniston ilk bor "YeI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi
14 aprel kuni AQSh hukumati Nyu-Yorkda amalga oshirilgan teraktlarning yigirma yilligiga (AQSh 43-prezidenti Jorj Bush administratsiyasi “Al-qoida”* terrorchilariga qarshi operatsiya boshlagan) Afg‘onistondan qo‘shinlarni 11-sentabrgacha olib chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi.
Bundan tashqari, “Tolibon”* bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, AQSh harbiy kontingentini 1-maygacha Afg‘onistondan olib chiqilishi kerak. "Tolibon" vakillari aynan shu sanada turib olgan.
AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqilishini keyingi muddatga qoldirish mamlakatda qurolli mojaroning avj olishi, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onaro tinchlik muzokaralarini boshlash harakatlarini susaytirishi mumkin, deb aytdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Zaxarova Rossiya Turkiya Tashqi ishlar vazirligidan Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul konferensiyasini 24-apreldan 4-maygacha o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar olganini aytdi.
*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.