TOShKENT, 13 apr — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonlik futbolchi Xitoy Superligasi ishtirokchisi “Sanchjou Mayti Layons” klubi (Cangzhou Mighty Lions F.C.) bilan shartnoma tuzgan.
“Sanchjou Mayti Layons” chempionatning ilk bahsini 21-aprel kuni safarda “Sindao Xaynyu” klubiga qarshi o‘tkazadi. Odil Ahmedov ushbu uchrashuvda yangi jamoasi safida o‘zining debut o‘yinini o‘tkazishi mumkin.
Odil Ahmedov bundan avval Xitoyning “Shanxay SIPG” hamda “Tanszin Teda” klublarida to‘p surgan.