Jizzax viloyatida raqamli boshqaruv tizimiga ega yuqori kuchlanishli podstansiya quriladi

Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Jizzax viloyatida zamonaviy va raqamli boshqaruv tizimiga ega 220 kV kuchlanishli “Zafarobod” podstansiyasi quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Osiyo taraqqiyot banki bu loyihani amalga oshirishda ko‘maklashadi.
Osiyo taraqqiyot banki “O‘zenergoinjiniring” AJ loyiha instituti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan tender hujjatlarini ma’qullagan. Shuningdek, bosh pudratchi aniqlash bo‘yicha xalqaro tender savdolariga e’lon berishga rozilik bergan.