TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari 301 mln so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan. Pullar “Yoshlar-kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.